To‘plamda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy rivojlanishi va farovonligi oshishini tavsiflovchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar nashr qilingan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi aholisining demografik holati, daromadi va bandligi, ijtimoiy himoyasi, huquqbuzarlik, turar-joy sharoiti va salomatligi holatini tavsiflovchi statistik ma’lumotlar keltirilgan.