To‘plamda iste’mol bozori va ishlab chiqarish sohasidagi narxlarning statistik monitoringi natijalari keltirilgan. Bunda o‘rtacha iste’mol narxlari (tariflar) va tovarlar va xizmatlar narxlari indekslari (tariflari) to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar nashr qilingan.

Ishlab chiqarish sohasidagi narxlar holatini tavsiflash uchun ushbu to‘plamda tovarlar (mahsulotlar, xizmatlar)ning o‘rtacha narxlari (tariflari) va foydali qazilmalar narxlari indeksi, tog‘-kon, ishlab chiqarish tarmoqlari, energiya, turli transport vositalari va yuk tashish transportida yuk tashish narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar nashr qilingan.