Qo‘mitamiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — xodimlar, ayniqsa kasaba uyushmasi a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy mehnat sharoitlarini yaratishdir. Bu borada izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida zamonaviy kutubxona faoliyat yuritmoqda. Unda turli sohalarga oid adabiyotlar jamlangan bo‘lib, fond muntazam yangilanadi. Bu esa kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

7j1a3318_p85031

7j1a3322_p90427

7j1a3323_p53242

7j1a3328_p43880

7j1a3330_p93423

7j1a3337_p23529

7j1a3341_p79862

7j1a3345_p42708

7j1a3351_p32980

7j1a3355_p34628

 

Qo‘mitaning boy tarixini e’tirof etish va avlodlar davomiyligini ta’minlash maqsadida fidokorona mehnat qilgan ustozlar xotirasiga bag‘ishlangan muzey tashkil etilgan. Muzeyda tarixiy eksponatlar, hujjatlar va fotosuratlar jamlanib, xodimlarda faxr va sadoqat tuyg‘usini mustahkamlab bormoqda.

7j1a3274_p47069

7j1a3280_p22657

7j1a3284_p35052

7j1a3289_p32930

7j1a3295_p96877

7j1a3307_p19106

Xodimlar salomatligi doimiy e’tibor markazida. Qo‘mita huzuridagi tibbiy punktda birlamchi xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Zarur hollarda kasaba uyushmasi ko‘magida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar ham tashkil etilmoqda.

7j1a3416_p95813

7j1a3420_p24659

7j1a3429_p41137

7j1a3437_p20696

Mehnat samaradorligini oshirish maqsadida ish joylari zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan to‘liq jihozlangan. Bu xodimlarga o‘z vazifalarini sifatli va samarali bajarishga imkon bermoqda.

7j1a3388_p77874

7j1a3393_p46232

7j1a3395_p63665

7j1a3399_p27378

7j1a3404_p81091

Yaratilgan ushbu shart-sharoitlar qo‘mita jamoasining farovonligini ta’minlash, mehnatga bo‘lgan qiziqishni oshirish va sog‘lom ish muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bularning barchasi ijtimoiy sheriklik tamoyillariga tayangan holda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.