1 oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan statistika tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olindi.


Uchrashuvlar davomida ularning statistika sohasi rivojiga qoʻshgan munosib hissasi, koʻp yillik mehnat faoliyati hamda yosh kadrlarni tarbiyalash va ularga ustozlik qilishdagi xizmatlari alohida e'tirof etildi.

 


Tizim faxriylari yillar davomida toʻplagan boy tajriba va bilimlarini yosh mutaxassislarga oʻrgatib, sohada avlodlar davomiyligini ta'minlash, kasbiy mahorat va mas'uliyatli mehnat an'analarini shakllantirishga munosib hissa qoʻshib kelgan.


Faxriy ustozlarga bayram munosabati bilan samimiy tilaklar bildirilib, ularga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va farovonlik tilandi.