Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ichki turizmga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishlarda ham ichki turizm salohiyatini kengaytirish, tarixiy obidalarimiz va madaniy merosimizga boʻlgan qiziqishni oshirish, mahalliy sayyohlar sonini koʻpaytirish muhim vazifa sifatida belgilab berildi. Jumladan, Davlatimiz rahbari raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida har oyning bitta shanba va yakshanbasi — “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb eʼlon qilinishi taʼkidlangan edi.



Shu munosabat bilan, joriy yilning 14-iyun kuni Milliy statistika qoʻmitasi Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan qoʻmita markaziy apparatining 50 ga yaqin xodimlari ishtirokida qadimiy va betakror Buxoro viloyatiga sayohat uyushtirildi.




Sayohat davomida ishtirokchilar Buxoroning mashhur qadamjolari, jumladan, yetti pir ziyoratgohlari, shuningdek, tarixiy va madaniy obidalaridan biri boʻlgan Labi Hovuz majmuasini ziyorat qildilar.







Bu kabi tadbirlar xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamiyatimizda sogʻlom milliy ongni shakllantirish, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga benuqson yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, bunday sayohatlar ish jarayonlarida samaradorlik va jamoaviy hamjihatlikni oshirishga xizmat qiladi.






