Har yili 1-iyun butun dunyo bo‘ylab Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.

7j1a5791_p12777

Ushbu kun munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning farzandlari uchun Ashxobod bog‘iga sayohat vaucherlari taqdim etildi. Ushbu vaucherlar bolajonlarga bayram kunini ota-onalari, yaqinlari bilan mazmunli o‘tkazib, madaniy hordiq chiqarish imkonini beradi.

7

Mazkur tashabbus xodimlar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi, kasaba uyushmasining ijtimoiy himoya va rag‘batlantirish yo‘nalishidagi faoliyatining yorqin namunasi va bolalar uchun unutilmas bayram sovg‘asi bo‘lib xizmat qiladi.