Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish vа ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yilning 28-may kuni Milliy statistika qo‘mitasining Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan markaziy apparat xodimlari o‘rtasida “Shaxmat” bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.


Musobqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Olimjon Sidikov, 2-o‘rinni Xalqaro taqqoslash dasturi bo‘yicha narx kuzatuvlari statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi – Kamolbek Jumanazarov, 3-o‘rinni Energetika statistikasi bo‘limi boshlig‘i – Zayniddin Egamshukurovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.


Mazkur musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.


