Joriy yilning 13-avgust kuni Milliy statistika qoʻmitasi Kasaba uyuushmasi tomonidan markaziy apparatning faol xodimlari uchun Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.

Ushbu tashabbuslar xodimlarning sogʻligini mustahkamlash hamda ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bunday tadbirlar Milliy statistika qoʻmitasi tizimidagi ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, jamoaviy hamjihatlik va oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga zamin yaratadi.





