Qo`mita yangiliklari

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Toshkent shahri aholi jon boshiga umumiy daromadlari 37,5 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa  109,9 %ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 87,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 40,1 % ni tashkil qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 13,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 %ga koʻpaydi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar oyida 5 936 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. So’nggi besh yilning mos davrida esa, qancha yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganini  quyidagida ko‘rishimiz mumkin:

2022-yilning fevral oyidan dekabrgacha sement narxlarida oylik nisbatda 0,2 – 1,3 % atrofida oʻsish kuzatilgan boʻlsa, 2023-yilning dastlabki oyida uning narxlari 0,1 % ga pasaydi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining yashash va ovqatlanish sohasida xizmatlar hajmi 8231,7 mlrd. so‘mni tashkil qilib, aynan shu sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 72,7 %ga yetdi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Farg‘ona viloyatida 15,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 7,7 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 50,3 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida jami 6,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 102,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilda ilk farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 kishini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Xorazm viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 19,6 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 111,8 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 16- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

2023- yilning 1-fevral holatiga respublikamizda 15 481 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 088 taga oshgan bo‘lib, eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari boʻyicha Surxondaryo (128,2 %), Toshkent (128,0 %), Andijon va Namangan (127,5 %) viloyatlarida yuqori oʻsish surʼatlari kuzatildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM 5,1 % ga o‘sgan holda 93 433,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning 13–15- fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM)ning O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi tomonidan “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi” bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 23,6 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,8 %ga koʻpaydi.