Qo`mita yangiliklari

2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020-  yilda mebel mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan hududlar:

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ning 2- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning  18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida videoseminar o'tkazildi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston 23 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich 2019- yilga nisbatan 1,7 mln. AQSh dollariga ko‘p.

2021- yilning 18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi. Bu galgi vebinar Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Oʻzbekiston demografik yillik toʻplamida - Oʻzbekiston Respublikasidagi demografik holatni ifodalovchi koʻrsatkichlar, jumladan ma’muriy-hududiy boʻlinishi, aholi soni, aholining jinsi va yosh tarkibi, hududlar boʻyicha taqsimlanishi, tugʻilish va oʻlim, nikoh va ajrimlar soni hamda aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar berilgan.

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Joriy yilning 16–18- fevral kunlari Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich va Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich hududiy statistika idoralarining faoliyatini o‘rganish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 17- fevral  kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

Joriy yilning 16- fevral kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokimligida Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbir o‘tkazildi.

Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir.

“Халқ сўзи” gazetasining 2021- yil 17- fevraldagi 34- sonida Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o’rinbosari Dilshod Xolmurodov hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig’i Odiljon Mamadaliyevning “Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o’rni” nomli maqolasi chop etildi.

O‘zbekistonda ilm-fan va innovatsion faoliyat statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasida ilm-fan va innovatsion faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- fevral holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12,5 mingtani tashkil etib, ulardan 11,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat statistika qo’mitasiga taqdim etilayotgan respublikaga kelganlik va ketganlik to‘g‘risidagi statistik hisobga olish talonlarini to‘liq elektron shaklda taqdim etilishi belgilangan edi. 

2020- yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YaHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax (56,1 %) va Surxondaryo (50,4 %) viloyatlarida, sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy (71,2 %) va Toshkent (48,4 %) viloyatlarida, qurilishning eng yuqori ulushi Toshkent shahrida (10,2 %) va Surxondaryo viloyatida (8,8 %), xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa Toshkent shahrida (51,5 %) va Farg‘ona viloyatida (35,3 %) kuzatildi.

2021 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo'mitasining 2021 yil 9 fevraldagi 6-MB son qarori bilan tasdiqlandi.