Qo`mita yangiliklari

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Buxoro viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 71,9 %ni tashkil etadi.

2023-yil yakunlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha sanoatda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 6 964 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yil bilan taqqoslaganda 1,1 % ga oʻsgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar bosh soni 5 046,3 mingtaga yetgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 2,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  63,1 % ni tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 1 679 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 1 207,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Toshkent shahrida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlari hajmi 73 930,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida jami 6 160 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

2024-yilning yanvar oyida 468,4 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadda xorijga safar qilgan (ming nafar, davlatlar):

Joriy yilning 14-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha “1 kb” va “1 fx” yillik statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Samarqand viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 23,9 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan va jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 89,9 %  ulushini tashkil etgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari 76,7 %ni tashkil etadi.

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

2023-yil yakunlariga koʻra, Namangan viloyati boʻyicha tashish va saqlash, axborot va aloqada yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 2 553 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 15,1 % ga oʻsgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamiz boʻyicha 8 487,5 mln. dona tuxum olingan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 3,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  83,6 % ni tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Qashqadaryo viloyati boʻyicha 2 171 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

Joriy yilning 13- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 7­­-9-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan tashkil etilgan “Taʼlim statistikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya” natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.