Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna guruch import qilgan.

Shu yil 26- noyabrdan 3- dekabrga qadar yurtimizda ochiq ma’lumotlar haftaligi – “Open Data Week Uzbekistan – 2021” bo‘lib o‘tdi.

2021- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 6,3 foizni (soni 33 954 ta) tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 6115 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 2127,7 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 8,4 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,1 % ni, sanoat – 119,0 % ni, qurilish – 120,2 % ni, xizmatlar sohasi – 107,6 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 109,3 % ni tashkil etdi.

2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 22 642,4ming boshga yetdi.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida qiymati 54,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 77,4 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida kartoshka narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 10 % ga qimmatlashgan.

Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

 Ayni paytda yurtimizda 9- dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan  “Aksilkorrupsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida  36 ta xorijiy davlatdan qiymati 23,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 9,2 ming tonna shampun import qilgan.

 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 30 005,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan ushbu xizmatlar hajmi 16,5 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan edi.

 Milliy iqtisodiyotda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari sonining o‘sish sur'ati 2017- yilga nisbatan 166,5 foizni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 23,9 ming tonna go‘sht import qilgan.

 2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining 587,2 ming kishini erkaklar, 548,4 ming kishini ayollar tashkil etdi.

  2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 7,0 % ga o‘sdi.