Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 1-fevral holatiga respublikamizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 159,1 foizni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvarida sarimsoq piyoz narxlari bir oyda 1,4 % ga oshganligi kuzatilgan boʻlsada, 2022-yilning yanvariga nisbatan 29,5 % ga past boʻldi.

2022- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarida avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi 123 882,5 mln. yo‘l. km.ni, shundan eng ko‘p yakka tartibdagi tadbirkorlik xissasiga to‘g‘ri kelib 99 886,1 mln. yo‘l. km.ni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida jami 14,7 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ulardan 41,5 % i yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 46,6 % hamda boshqa xarajatlarga 11,9 % investitsiyalar yo‘naltirildi.

2022- yilning yanvar–dekabr oylarida Xorazm viloyatida jami 4,9 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1-yanvar holatiga Jizzax viloyatidagi maktablar soni 576 tani tashkil etgan.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19 494,6 ming kishini tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi  20,6 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 21,4 %ni tashkil etgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 kishiga (jismoniy shaxslarga tegishli) 95 ta yengil avtomobil toʻgʻri keladi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 6 075 tani tashkil etib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 71,1 % ni tashkil etdi. Jizzax viloyati yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi eng ko‘p bo‘lib, 97,6 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 546,6 ming dona maishiy kir yuvish mashinalari va kiyim quritish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 114,6 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyatida jami 8,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 112,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 21- fevral kuni Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Statistika  agentligida Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalar va jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 16,2 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Statistika agentligining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19494 ming kishini tashkil etgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga koʻpaygan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,3 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 28,5 % ni tashkil etgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog’ida 220,7 trln. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Navoiy viloyati (20,5 %) eng katta hissa qo‘shdi. Bu borada Toshkent shahri (20,2 %) va Toshkent viloyati (19,5 %) keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.