Qo`mita yangiliklari
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil 22- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi tomonidan Qo‘mita markaziy apparati rahbar xodimlari uchun “O‘zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar: islohotlar, muammolar va ularning yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Respublikamizda tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 3 o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2021- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11 foiz ulushini tashkil etgan.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi, kichik korxona va mikrofirmalar jami qurilish ishlarining 3,1 % ini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2020- yilda Buxoro viloyatida xizmatlar umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lib 34,1 % ni yoki 3 353,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari 1156 ta. Ularda mavjud joylar soni 50,4 ming tani, tunab qolishlar soni 1758,9 ming birlikni tashkil etdi.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021- yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 4,2 kishini tashkil etdi, shundan 8,7 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 16,7 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 14,2 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 20,5 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 15,4 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 24,5 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.
2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda shahar joylarda joylashgan umumta’lim muassasalar soni 3893 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 187 taga oshganligini ko‘rish mumkin. Umumta’lim muassasalari soni ko‘rsatkichi yillar kesimida quyidagiсha.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qishloq xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi, mln. so‘mda
2020- yilda Andijon viloyati bo‘yicha xizmatlar umumiy tarkibida‘eng katta ulush savdo xizmatlariga tegishli bo‘lib 31,6 % ni yoki 3 607,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 2 o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 1- oktabr holatiga ko‘ra yillar kesimida quyidagi holatda aks etganligini ko‘rishimiz mumkin.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,7% i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-sentabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 0,5 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,9 % ni tashkil etgan holda 42031,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 14573,1 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,9 % ini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 0,9 % punktga ko‘paydi) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021- yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,3 kishini tashkil etdi, shundan 0,8 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 3,6 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 9,6 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 16,8 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 24,2 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 45,0 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.
2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda qishloq joylarda joylashgan umumta’lim muassasalari soni 6288 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 276 taga oshganini ko‘rish mumkin, Umumta’lim muassasalari soni yillar kesimida quyidagiсha.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1389,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur'ati 170,3 foizni tashkil etdi.
22/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar umumiy hajmida transport xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lib 25,7 % ni yoki 1 673,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
880-sahifa 1011 dan


