Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 6,8 % ni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 089 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 850 taga ko‘paygan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- yanvar holatiga maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni jami 7 753 tani  tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2021- yil yanvar–avgust oylari uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aks ettiruvchi statistik ma'lumotlar shakllantirildi.

 Joriy yilning 14- sentabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi tomonidan MDH XTD 2021- dasturi doirasida iste’mol tovarlari va xizmatlar, narxlarni o‘rganishga bag֥‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.

 2016-2020- yillar mobaynida ta’lim sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 153,6 foizni tashkil etgan.

 Samarqand viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

 Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida jami 3506,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, ularning asosiy qismi, ya'ni 95,0 % i yoki 3330,5 mlrd. so‘mlik ishlar nodavlat mulkchiligidagi qurilish korxonalari tomonidan bajarilgan. Bu ko‘rsatkich,  2020- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,6 % punktga ko‘paydi.

 2021- yil yanvar - iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida YaHM hajmi 6,8 % ga o‘sdi.

2021- yilning yanvar - iyun oylarida Surxondaryo viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 10 610,3 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 % ni tashkil qildi.

 Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,0 % ni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2016- yilga nisbatan 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha me’morchilik sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 158,7 foizni tashkil etmoqda.

2021- yilning 13- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari Agzam Ikramov va Zohidjon Ziyayev boshchiligida videokonferensiya o‘tkazildi. Tadbir qo‘mitaning Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan, hududiy boshqarmalar xodimlari malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

 Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 58,0 %i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (18,1 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (39,9 %) o‘z ichiga oladi.

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YaHM hajmi 5,3 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 101,1 % ni, sanoat – 106,1 % ni, qurilish – 103,4 % ni va xizmatlar sohasi – 105,9 % ni tashkil etdi.

Avval xabar berganimizdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlangan edi.

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylarida 40 340, 0 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

 2021- yilning 1- sentabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 465 361 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 94 412 tani (ulushi 20,3 %) tashkil qildi.