Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning avgust oyida iste'mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 % ga qimmatlashdi.

 Buxoro viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

 Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 2,0 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-iyun oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,1 % punktga kamaydi.

2020- yil yakunlariga ko‘ra respublika bo‘yicha jami 2 519,6 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 1991- yilga nisbatan 3,1 martaga oshgan.

2021- yilning II choragida kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning  joriy davrda iqtisodiy vaziyatini baholashi, %da.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida, respublikamizda qurilish sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 7,1 % ni tashkil qildi (2020- yilning yanvar-iyunida – 7,4 %).

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar - iyun oylarida Respublika bo‘yicha jami 5,7 ming tonna asal olingan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 101,5% ni tashkil qildi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2021- yilning II choragida, o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra joriy davrda iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi qurilishda - 37,7 %ni, savdoda - 36,1 %ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida - 35,2 %ni tashkil etdi.

Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 69,3 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (21,1 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (48,2 %) o‘z ichiga oladi.

Respublikada 2021 yilning yanvar-iyul oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 20 442 ta Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 25 221,2 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

 Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar – iyun oylarida Respublika bo‘yicha jami 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 112,1 %ni tashkil qildi.

  2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 23,1 % ni tashkil qildi (2020- yilning yanvar-iyunida – 23,0 %).

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1189 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 53577,7 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

 2021- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,9 % ni tashkil etdi.

 Tanlanma kuzatuvida hududlar kesimida eng ko‘p ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahri (4183 ta), Samarqand (1876 ta), Toshkent (1828 ta), Farg‘ona (1648 ta) va Andijon (1337 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.