Qo`mita yangiliklari
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning 1- sentabr holatiga koʻra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 10 699 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 121,2 foizga oshgan.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021-yilning yanvar - iyun oylarida Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 7 316,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 100,4 % ni tashkil qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021-yili 1-yanvar holatiga maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni jami 1196,4 ming kishini tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 1,6 barobarga oshganini ko‘rish mumkin, ularning yillar kesimidagi soni quyidagi ko‘rinishni hosil qiladi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning avgust oyida 3 286 ta ajrim holatlari qayd etilgan.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 13- sentabr kuni Davlat statistika qo'mitasida ijtimoiy himoya statistikasi bo'yicha trening kursi boshlandi. Ushbu onlayn trening kursi Qozog'iston Respublikasi strategik rejalashtirish va isloh qilish agentligi Milliy statistika byurosi ekspertlari tomonidan Islom hamkorlik mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC)ning statistik salohiyatni oshirish dasturi (StatCaB) doirasida amalga oshiriladi.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga 1630 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020- yilga nisbatan 111 taga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 7 oyida O‘zbekiston 5 ta davlatga qiymati 4,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 8,6 ming tonna olma eksport qilgan.
Surxondaryo viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- sentabr holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,6 mingtani tashkil etib, ulardan 13,1 mingtasi faoliyat yuritmoqda.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil yakunlariga ko’ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi.
Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning 1-iyul holatiga 2855 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu koʻrsatkich 2020-yildagi soniga nisbatan 262 taga koʻpaydi.
2020- yilda moddiy-madaniy meros obyektlarining 4789 tasi arxeologiya yodgorliklari, 2264 tasi arxitektura yodgorliklari, 625 tasi monumental san’at yodgorliklari va 530 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, respublikamizda 390,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 8527 nafari egiz tug‘ilganlar.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar - iyun oylarida Buxoro viloyati bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 3,5 % ni tashkil etdi.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 7 oyida O‘zbekiston 10 ta davlatga qiymati 7,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 47,4 ming tonna sabzi eksport qilgan.
2016-2020- yillar davomida mamlakatimiz iqtisodiyotida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 2016- yil natijalariga ko‘ra 9,9 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020- yil yakuniga kelib ushbu ko‘rsatkich 45,8 trln. so‘mni tashkil etdi.
16/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyun oylarida Farg‘ona viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 11 483,5 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qildi.
909-sahifa 1011 dan


