Qo`mita yangiliklari

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli eng koʻp avtotransport vositalari soni Toshkent shahri (525 028 birlik), Samarqand (392 475 birlik) hamda Toshkent (324 154 birlik) viloyatlarida qayd etilgan.

2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni (33706 ta), jami kichik tadbirkorlik subyektlari ulushining 7,0 foizni (soni 481 138 ta) tashkil etib, so‘ngi besh yilda ularning o‘sish surʼati quyidagi ko‘rinshda aks etdi:

2022- yilning yanvar-aprel oylarida aholi jon boshiga yangi qurilish ishlari bo‘yicha quyidagi hududlarda yuqori hajmlar kuzatildi, xususan, Toshkent shahrida – 3356,3 ming so‘m, Navoiy viloyatida– 1549,1 ming so‘m,  Buxoro viloyatida – 1099,9 ming so‘m, Toshkent viloyatida – 1069,5 ming so‘m, Sirdaryo viloyatida – 865,5 ming so‘m  va Qoraqalpog‘iston Respublikasida– 743,3 ming so‘m  qayd etildi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan o`zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi Samarqand viloyatida kuzatildi.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra (texnik koʻrik natijalari boʻyicha), Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari orasida metan (siqilgan gaz) yonilgʻisi eng ommaviy boʻlib hisoblanadi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublikamizda 2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (33811 ta), jami tadbirkorlik subyektlari ulushining 7,0 foizni (soni 484 935 ta) tashkil etdi va  so‘ngi besh yillikda ularning o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Kurash xalqimizning qadimiy milliy sport turlaridan biridir. Soʻnggi yillarda ushbu milliy sport turini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish, bu boradagi xalqimizning qadimiy anʼanalarini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahar Yangihayot tumani yoshlari uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 71,0 %ni tashkil qildi.

2020- yil 1- iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlarmasalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi 62,5 % ni tashkil etdi.

Qo‘mita tizimida Navoiy viloyati statistika boshqarmasida korxona, tashkilotlar va buxgalterlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy tumani hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.

      2022- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 604,6 ming so‘mni (yoki 419,9 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2018- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 111,4 % ga o‘sdi.

         2022- yilning yanvar-mart oylarida xizmatlar sohasida 6,4 mlrd. AQSH dollari miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (22,6 %) eng katta hissa qo‘shdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.