Qo`mita yangiliklari

2021- yil yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 60 954,8 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 8 248,5 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,8 % ni tashkil etdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 19- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning onlayn tarzda texnik ko‘mak missiyasi boshlandi. Missiyaga XVJning Statistika departamenti mutaxassisi janob Brayan Graf boshchilik qilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning yanvar-mart oylarida 12 682 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5- apreldan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) boshlangan edi.

2021- yilning yanvar-mart oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 96,5 % ni tashkil etdi

Joriy yilning 19- aprel kuni Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi tomonidan Marg‘ilon  shahar moliya-bank texnikumi va 1-son kasb-hunar maktabida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

Oʻzbekistonda transport va aloqa statistik to‘plаmidа, trаnsport vа аloqа sohаsining holаtini аks ettiruvchi аsosiy ko‘rsаtkichlаr qаtor yillаr kesimida chop etilgаn.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 19547,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 100,5 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-mart oylarida respublika korxonalari tomonidan 91,5 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-mart oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 103,8 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 7 105,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 930,0 mln. AQSh dollariga yoki 11,6 % ga kamaydi.

Respublika bo‘yicha 2021- yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 46 738,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ga oshdi.

O’zbekistonda foydalanishga topshirilgan shifoxonalardagi o’rinlar soni

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

Xiva shahridagi 4- umumta’lim maktabi hamda Qo‘shko‘pir tumani moliya bo‘limida Xiva shahri statistika bo`limi tomonidan “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

Oʻzbekistonda mehnat va bandlik statistik to‘plamida mehnat bozori holatini tavsiflovchi ma’lumotlar o‘tgan yillarga nisbatan taqqoslangan holda keltirilgan.

2021- yilning 16- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa shaklida Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari bilan yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida davra suhbati tashkil etildi.