Qo`mita yangiliklari

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda quyonlarning umumiy bosh soni 600,6 ming boshni tashkil etdi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2022- yil 28- iyundagi 127- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Statistika idoralarida qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish – ustuvor vazifa” nomli maqolasi chop etildi.

2022- yil 24- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Yuridik bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 16- maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 259- son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Joriy yil 24-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda axborot xizmatlari va OAV hamkorligi istiqbollari” mavzusida milliy anjuman tashkil etildi.

Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tadbir tashkil etildi. Tadbirga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi,  Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi Nazarov Sharofiddin Xakimovich taklif etildi.

Ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining hududlardagi boshqarma xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon yurilib uylarning  raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo`lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha jurnalistlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarida 2021- yilda jami 37,4 ming nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritgan. 2020- yilda bu koʻrsatkich 32,1 ming nafarni tashkil etgan.

2021- yil yakunlariga koʻra kespublika boʻyicha jami 172 ming tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2020- yilga nisbatan 119,3 % ni tashkil etgan.

2021/2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 6 304,6 ming nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Jami oʻquvchilarning 3 235,7 ming nafari (51,3 %) oʻgʻil bolalar va 3 068,9 ming nafari (48,7 %) qiz bolalar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida  kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 32 487,0  mlrd. so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,5% ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib – 28 798,9  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa – 3 688,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Bu jarayonda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.

2021- yil yakunlariga koʻra Respublika boʻyicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 3457,8 ming gektarni tashkil etdi.

Ushbu koʻrsatkich hududlar kesimida tahlil qilinganda, umumiy maydonning 74,9 %i – Qorqalpogʻiston Respublikasi, 18,6%i – Toshkent viloyati, 2,4%i – Qashqadaryo viloyati hamda 2,0%i – Jizzax viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-mart oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 21,6 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi   kichik korxonalar va mikrofirmalar bo‘lib 16,7 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida esa Samarqand viloyati yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 37,7 % ni tashkil qildi.

Respublikamizda 2022- yil yanvar- may  oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 41 035 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning ko‘payishi so’nggi yillar kesimida qaralganda quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi

2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 626,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 1,2 % ga o‘sdi.

Respublikamizda 2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 487 101 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

Joriy yilning 24- iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasida Narxlar statistikasi boshqarmasi tomonidan oʻquv seminar tashkil etildi. Seminarda Davlat statistika qoʻmitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari Narx boʻlimi boshliqlari ishtirok etdi.