Qo`mita yangiliklari

Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, joriy davrda iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 60,0 % ni, qurilishda – 58,8 % ni, xizmatlar sohasida 57,9 % ni, sanoatda – 57,1 % ni, tashkil etdi. 

2021- yil yakunlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra tovarlar va xizmatlar eksporti 174 384,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2020- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 12,7 % ga o‘sgan.

Respublikamizda 2022- yil 1- iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni (168 472 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 barobarga oshgan.

2021- yil yakunlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar importi 294 888,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2020- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 23,1 % ga o‘sgan.

“Халқ сўзи” gazetasi tomonidan nashr etilgan "Xalqning yuragiga yo‘l" nomli kitobda Davlat statistika qo’mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Mustaqil O‘zbekiston ilk bor o‘z aholisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. Nega?” nomli maqolasi chop etildi.

Ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining hududlardagi boshqarma xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon yurilib uylarning  raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

2022- yil 1- iyun holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni (13 559 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan.

Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar o’rtacha soni 308 tani tashkil etmoqda.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 3936 ta texnologik innovatsiyalar joriy qilingan. Joriy qilingan texnologik innovatsiyalar tarkibida: mahsulotlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 3035 ta, jarayonlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 901 ta.

2022- yilning 1- yanvar holatiga, Internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qariyb 23 mln. ni tashkil etgan.

 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15 % ga oshgan.

2021/2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 6 304,6 ming nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Jami oʻquvchilarning 3 235,7 ming nafari (51,3 %) oʻgʻil bolalar va 3 068,9 ming nafari (48,7 %) qiz bolalar hisoblanadi.

2022- yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda tuyalarning umumiy bosh soni 20,1 ming boshni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Jizzax viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 879,5 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga o‘sdi. 2018- yilning yanvar-mart oylari bilan solishtirilganda Jizzax viloyatining aholi jon boshiga YaHM hajmi o‘sish sur’ati 114,1 % ni tashkil etganligi kuzatildi.

        Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, joriy davrda iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi savdoda – 37,0 % ni, xizmatlar sohasida 34,8 % ni, sanoatda 34,5 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar- may oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan. So’nggi besh yilda sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 76,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 914,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga o‘sdi.

2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 119 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi: