Qo`mita yangiliklari

2022- yilning 1-yanvar holatiga respublikamizdagi sport inshootlarida 328 ta suzish basseynlari bor.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kilometrni, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 42 299 kilometr (jamiga nisbatan 98,7 %) tashkil etmoqda.

2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, Toshkent metropolitenida jami 256 ta yoʻlovchi tashiydigan harakatdagi tarkib (vagonlar) mavjud boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan vagonlar soni 40 taga (18,5 foizga) oshgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1207,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 44475,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 2,6 % va 97,4 % ni tashkil etdi.

 2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan  korxonalarning hududlar kesimida eng ko‘p ulushi Qashqadaryo  viloyatida – 65,6 % ni, Jizzax viloyatida 55,4 % ni, Surxondaryo viloyatida 52,3 % ni, Qoraqalpog’iston Respublikasida 48,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami hajmdan norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 15,4 % ni tashkil etdi yoki 7017,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 3668,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning 70,3 % jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 29,7 % investitsiyalar moliyalashtirildi.

Respublikamizda 2022 yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (34 256 ta), jami tadbirkorlik subyektlari ulushining 7,0 foizni (soni 491 071 ta) tashkil etdi va so’nggi besh yilda ularning o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2022- yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 92,8 %, yoki 1673,9 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 100,6 % tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- iyun holatiga, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (19 116 ta), jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,4 foizini (554 971 ta) tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 11 noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 iyuldan boshlab respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Aholini ro‘yxatga olish bo‘limlari ish boshladi.

Joriy yilning 1- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida  Milliy g‘ururimiz – Davlatimiz gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 2020- yil yakunlari bo‘yicha jahonda yalpi jamg‘amaning YaIMdagi ulushi 26,0 % ni tashkil etgangan. 

Joriy yilning 1- iyul kuni Davlat statistika qoʻmitasi Yuridik boʻlimi tomonidan qo‘mitada “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” o‘tkazildi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, Toshkent metropoliteni qatnov yoʻllarining umumiy uzunligi 59,1 kilometrni tashkil etib (ikki yoqlama hisobdagi foydalanish uzunligi), oʻtgan yilga nisbatan ushbu koʻrsatkich 63,7 foizga oshgan (2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 36,1 kilometr).

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning hududlar kesimida eng ko‘p ulushi Xorazm viloyatida 59,9 % ni, Namangan viloyatida 58,8 % ni, Farg‘ona viloyatida   54,3 % ni va Toshkent shahrida 54,2 % ni tashkil etdi.

MDH davlatlari statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati Armanistonda 105,7%, Belarus Respublikasida 102,3%, Moldovada 113,9 %, Ozarbayjonda 105,6 %, Qozog‘istonda 104,0 %, Qirg‘izistonda 103,6 %, Rossiya Federatsiyasida 104,7%, Tojikistonda 109,2 %, Ukrainada 106,1%, O‘zbekistonda esa 107,4 %ni tashkil etgan.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jami hududlar kesimida temir yoʻllarning foydalaniladigan uzunligi 6 118,3 kilometrni tashkil etib, shulardan umumfoydalanadigan temir yoʻllarning uzunligi 4 732,8 kilometrni tashkil etmoqda (umumfoydalanadigan temir yoʻllarning ulushi 77,4 %ga teng).