Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-may oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida kuzatilib, umumiy hajmga nisbatan 85,6 % yoki 826,5 mlrd.so`m miqdorida qayd etildi. Mazkur hududda yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 7,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona
va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi
sanoatda 51,2 % ni, xizmatlar sohasida 50,7 % ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 50,2 % ni, savdoda 49,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-may oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 2021-yilning mos davri bilan solishtirganda eng yuqori o`sish sur’ati Samarqand viloyatida kuzatilib, 111,0 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2017-yil yakunlariga koʻra jami 14,4 ming tonna shampun ishlab chiqarilgan boʻlib, bu ko‘rsatkich soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori hisoblanadi.

Respublikamizda 2022- yilning yanvar- may  oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 147,0 foizga oshgan. 

2017-yil yakunlariga koʻra jami 281,1 mln juft paypoq ishlab chiqarilgan boʻlib, bu ko‘rsatkich soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori hisoblanadi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 73,6 %, yoki 5023,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022- yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (34 347 ta), jami korxona va tashkilotlar ulushining 6,2 foizini (soni 554 971 ta) tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Andijon viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 94,5 %, yoki 2908,1 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 166,0 % tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2022- yilning iyun oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning INI 0,9 % ni tashkil etdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari importi tarkibi (2022-yil yanvar-may oylari holatiga)

Joriy yilning 30- iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasi Yuridik boʻlimi tomonidan tizim xodimlari tomonidan “Mening Konstitutsiyam” mavzusida seminar tashkil etildi.

Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga, jumladan, statistika tizimida faoliyat olib borayotgan yoshlarga mustahkam sogʻlik, bilim olish, kasb-hunar oʻrganish va izlanishdan toʻxtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz hamda vatanimiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda tilakdoshmiz!

Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad – fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda Qonun va qarorlarni batafsil yoritishdan iborat.

2021- yilda innovatsiyalarni joriy etgan korxona va tashkilotlar statistikasiga koʻra, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng yuqori ulush ishlab chiqarish sanoatida kuzatilib, 44,2 %ni tashkil etgan.

2021/2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 510 046 nafar oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Jami oʻqituvchilarning 53,1 % i qishloq maktablarida va 46,9 % i shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda. Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami oʻqituvchilarning 9,9 % i oʻrta maxsus maʼlumotli va 90,1 % i oliy maʼlumotga ega. Qayd etish kerakki, respublikamizda umumtaʼlim muassasalarida bitta oʻqituvchiga oʻrtacha 12 nafar oʻquvchi toʻgʻri keladi.