Milliy statistika qoʻmitasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ingliz tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini takomillashtirish, jamoaviy birdamligini mustahkamlash, ularning bilim olishga qiziqishini oshirish va ragʻbatlantirish maqsadida yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan qoʻmita markaziy apparatida “Language battle” musobaqasi boʻlib oʻtdi.


Bellashuvda 50 dan ziyod xodimlar 2 ta bosqichda, jamoaviy holda, 4 ta shart boʻyicha ingliz tiliga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.


Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar qoʻmita rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.







