Joriy yilning 11-iyun kuni Milliy statistika qo‘mitasida yosh xodimlar ishtirokida startap loyihalar bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

p

Seminar davomida startap loyihalarni amalga oshirish va rivojlantirish mexanizmlari, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda loyihalarni ilgari surishga xizmat qiluvchi platformalar haqida ma’lumotlar berildi.

p

Shuningdek, startap tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish, tegishli tanlov va dasturlarda ishtirok etish, grant va boshqa moliyaviy ko‘maklardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

p

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. 

p