Milliy statistika qo‘mitasida yosh xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda amaliyotchi psixolog, PhD, dotsent, “Shuhrat” medali sohibi Nuriddin Ubaydullayev ishtirok etdi va u “Muvaffaqiyat sari: vaqtni to‘g‘ri boshqarish, kuchli xotira va liderlik sirlari” mavzusida ma’ruza hamda mashg‘ulotlarni olib bordi.

Trening davomida ishtirokchilar vaqtni samarali boshqarish bo‘yicha foydali usullar, kuchli xotirani shakllantirish yo‘llari, liderlik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishdilar, shuningdek ish jarayonida samaradorlikni oshirish, jamoada to‘g‘ri muloqot qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalariga oid foydali ma’lumotlar ham oldilar.

Shuningdek, psixologik testlar va interaktiv mashqlar orqali qatmashchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.



