2025-yilning 16-sentabr kuni Milliy statistika qoʻmitasi yosh xodimlari hamda Deloitte kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

7

Uchrashuv davomida yosh xodimlar bilan suhbat tashkil etilib, ular tomonidan maxsus savolnomalar to‘ldirildi. Savolnomalarda xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ularning taklif va fikrlari, shuningdek, mavjud muammolar bo‘yicha mulohazalar o‘rganildi. 

Mazkur uchrashuv xodimlar uchun o‘z fikr va takliflarini erkin bildirish, shuningdek, qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirishga hissa qo‘shish imkonini berdi.