Milliy statistika qoʻmitasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan qoʻmita markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlpr ishtirokida “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish” tadbiri yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

7

Yigʻilishda census.stat.uz veb-sayti faoliyati, targʻibot media-rejasi yuzasidan yoshlarning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

7j1a0396_p79020

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish – mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yoʻnalishlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois yosh kadrlar faol ishtirokini taʼminlash, ularning yangicha gʻoya va tashabbuslarini amaliyotga joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

7

Muhokama yakunida yoshlar tomonidan berilgan takliflar tizimlashtirildi va ularni jarayonda qoʻllash yuzasidan tegishli masʼullarga topshirildi.