Qo`mita yangiliklari

2021- yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qirg‘iz Respublikasidan 265,9 ming kishi (barcha tashrif buyurganlarning 38,4 % i), Qozog‘iston Respublikasidan – 221,6 ming kishi (32,0 %), Rossiya Federatsiyasidan – 71,7 ming kishi (10,4 %), Tojikiston Respublikasidan – 55,0 ming kishi (8,0 %), Belarus Respublikasidan – 1,8 ming kishi (0,3 %).

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

2021- yil yanvar-iyun oylarida yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmidagi kichik tadbirkorlik subyektlari ulushi 94,9 % ni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng yuqori ulushlar Surxondaryo (98,6 %), Samarqand (98,3 %) va Jizzax (98,1 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Халқ сўзи” gazetasining 2021- yil 31- avgust sonida Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan, Davlat statistika qo‘mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar doirasida so’nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga oid “Milliy statistika tizimi: yutuqlar, muammolar va kelgusi vazifalar” nomli maqolasi chop etildi.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik arafasida, ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan tantanali tadbirlar tashkil etilmoqda, ehtiyojmand oilalar va keksalar holidan xabar olinmoqda.

 2021- yilning yanvar-iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga, jami qurilish ishlari hajmining 67,4 % i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-iyun oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 11,6 % punktga kamaydi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- avgust holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 454 975 tani tashkil etdi.

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 15,0 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Ro‘yxatga olingan jinoyatlarning turlari bo‘yicha tahlil qilinganida, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 9439 ta firibgarlik (jamiga nisbatan 20,7 %), 8354 ta iqtisodiyot sohasida, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar (jamiga nisbatan 18,3 %), 7618 ta o‘g‘rilik (16,7 %), 2500 ta o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish (5,5 %), 2092 ta giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar (4,6 %), 1150 ta poraxo‘rlik (2,5 %), 1100 ta bezorilik (2,4 %), 489 ta qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (1,1 %), 416 ta talonchilik (0,9 %), 217 ta qasddan odam o‘ldirish va odam o‘ldirishga urinish (0,5 %), 158 ta tovlamachilik (0,3 %), 146 ta nomusga tegish va nomusga tegishga urinish (0,3 %), 135 ta bosqinchilik (0,3 %) va 11816 ta boshqa turdagi jinoyatlar (25,9 %) ro‘yxatga olingan.

 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 691,7 ming kishini tashkil etdi.

2021- yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur‘ati  185,8 % ga o‘sib, Qorao‘zak tumanida kuzatildi. Bu asosan sement ishlab shiqarishni kengaytirish uchun o‘zlashtirilgan xorijiy kreditlar bilan bog‘liq. 

Davlat statistika qo‘mitasida “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida seminar o'tkazildi. Mazkur tadbir Davlat statistika qo‘mitasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 59 875 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 59 700 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 693 ta elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 4 565,9 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. 

Yangi Oʻzbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

 Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,7 % punktga kamaydi va 16,0 % ni tashkil etdi.