Qo`mita yangiliklari

2021- yil 22- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish tadbiri 2023- yilning 1–25- noyabr kunlari o`tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar oyida respublikamizda 1 438 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi.

Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani hokimligida Namangan viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tadbir tashkil etildi.

Oʻzbekiston hududlarining yillik statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar chop etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil yanvar oylida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 20 504,6 mlrd. so‘mga yetdib, uning nominal hajmi 2 608,8 mlrd. so‘mga oshdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar oyida respublika korxonalari tomonidan 26,8 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 98,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar oyida, O‘zbekiston Respublikasida jami 5861,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar oyiga nisbatan 100,3 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar oyi yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 2 303,0 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 657,6 mln. AQSh dollariga yoki 22,2 % ga kamaydi.

Respublika bo‘yicha 2021- yilning yanvar oyida chakana savdo tovar aylanmasi 16 193,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 101,0 % ga oshdi. 

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Davlat statistika qo’mitasi mutaxassislari uchun “Milliy hisoblar tizimining alohida ko‘rsatkichlari” mavzusida malaka oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston 50 ta xorijiy davlatlardan qiymati 566,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi statistik toʻplamida, iqtisodiyotning agrar sektorini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkich – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi boʻyicha maʻlumotlar chop etilgan. Toʻplamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari va Yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushi, qishloq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlar soni, ekin maydonlari, yalpi hosili va hosildorlik, chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish toʻgʻrisida maʻlumotlar keltirilgan.

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yil 1- iyun milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan pandemiya davrida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ommaviy sport turlari bilan doimiy shug‘ullantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,