Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oilalar mavjud.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning yanvar-avgust oylarida 602 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni 50 tani tashkil etdi.

 Respublikamizda yanvar-avgust oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 barobarga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan.

Hozirgi vaqtda AKT jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylanib ulgurdi.

O‘zbekiston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalarda 2020- yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hajmining eng ko‘pi sanoatda – 4894,0 mlrd. so‘m, shuningdek.

22- sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kuni sifatida belgilangan bo‘lib, ko‘plab davlatlarda piyoda, velosiped va jamoat transportidan foydalanish targ’ib etiladi.

2021- yil 1- iyul holatiga, Jizzax viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 895,6 ming boshni (2020- yil 1- iyul holatiga nisbatan 101,9 %), shundan sigirlar – 254,4 ming boshni (101,5 %), qo‘y va echkilar – 2213,9 ming boshni (101,6 %), otlar – 27,3 ming boshni (100,7%) hamda parrandalar – 3166,1 ming boshni (103,4 %) tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2020-  yilda respublikamizda faoliyat yuritayotgan  ambulatoriya-poliklinikalar soni 5952 ta. Ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha.

Sinov hududi  statistika boshqarmalari tomonidan sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 2020- yilda hududlar bo‘yicha mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hajmi, mlrd. so‘m

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021-yili 1-yanvar holatiga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 98,1 ming  nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 6,2 barobarga oshganini ko‘rish mumkin, ularning yillar kesimidagi soni quyidagi ko‘rinishni hosil qiladi.

2021- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,6 % i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-iyul oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 2,2 % punktga ko‘paydi.

2021- yil 1- iyul holatiga, Buxoro viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1245,2 ming boshni (2020- yil 1- iyul holatiga nisbatan 102,6%), shundan sigirlar – 405,8 ming boshni (103,2 %), qo‘y va echkilar – 2216,2 ming boshni (102,6%.), otlar – 6,5 ming boshni (112,9%) hamda parrandalar – 5344,4 ming boshni (112,9%.) tashkil etdi.

2021- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 527 853 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) o‘tgan yilning mos davriga (447 439 ta) nisbatan 80 414 taga oshib, o‘sish sur'ati 118,0 foizni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 58795,9 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 57,1 % ini tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo‘yicha 37658,4 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 36,5 %) va boshqa xarajatlarga 6601,3 mlrd. so‘m (6,4 %) o‘zlashtirildi.

Toshkent shahri aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.