Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 24- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 2020- yilning mos davriga nisbatan 40,3 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 4 629,3 ming boshga yetdi.

 2020- yilda Ozbekiston Respublikasida 88,1 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2015- yilga nisbatan 174,8 % ni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 4 724,0 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan bo‘lib, shundan 4 634,1 ming tonna yoki jami ishlab chiqarilgan don ekinlarining 98,1,% ini boshoqli don ekinlari tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020/2021- o‘quv yili boshiga texnikumlarda tahsil olayotgan o‘quvchi soni 53,0 ming nafarni  tashkil etadi.

Respublikamizda yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 barobarga oshgan boʼlib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:

2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida YaHM hajmi 4,9 % ga o‘sdi va 8 877,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga 43,7 mingta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2019- yilning mos davriga nisbatan 11,3 mingtaga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 58795,9 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 57,1 % ini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- yanvar  holatiga ko‘ra mamlakatimizda sektorlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni 254 tani tashkil etdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710- son qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi zalida tadbir tashkil etildi.

Yurtimizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 2,9 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning umumiy hajmidagi kichik biznesning ulushi 92,9 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 318,5 trln. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar - iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga ko‘p.

    Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga 77 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning iyul oyida 5 090 dona “Damas” ishlab chiqarilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar - iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 2,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,2 ming tonna apelsin import qilingan.