Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2021- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra 34 558,9 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 653,7 ming kishiga yoki 1,9 % ga ko‘paydi.

Ma'lumki, hukumat tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta'minlash bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 15- yanvar kuni Xorazm viloyati Xiva shahar hokimligida respublika ishchi guruhining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha olib borgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan yigilish o‘tkazildi.

2020- yilning yanvar–dekabr oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 1 475 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil etmoqda.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2021- yil 16- yanvardagi 11- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning “O‘zbekiston “XTD – 2021” global tadbiridagi ishtirokini rasman boshladi” nomli maqolasi chop etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 2020- yilda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 95 311 ta korxonalar yangi tashkil etilgan.

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Davlat statistika qo’mitasi Sizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaydi!

“Биржа” gazetasining 2021- yil 14- yanvardagi 4- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Dilshod Xolmurodov va Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig’i Muxtor Umarovning “Ichki bozordagi iste’mol narxlari: statistik kuzatuv” sarlavhali maqolasining 2-qismi chop etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

Joriy yilning 13- yanvardan 24- fevralgacha Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun statistika instituti tomonidan “Rasmiy statistika va BRM ko'rsatkichlari uchun ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish tamoyillari” mavzusida onlayn o‘quv kursi o'tkaziladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami 40 950 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 751 taga ko‘p.

Aholi turmush darajasini baholash maqsadida Namangan viloyatining Uychi tumanida hamda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari tashkil etildi.

2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 414 186 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 90 721 tani (21,9%) tashkil qildi.

Joriy yilning 11–16- yanvar kunlari Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida sinov tariqasida multiindikator klaster kuzatuvlarida “Xaritalash va ro‘yxatga olish” ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Joriy yilning 12- yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari Malayziya statistika departamenti tomonidan statistik biznes registrlarni yuritish bo‘yicha tashkil etilgan virtual ta’lim mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.