Qo`mita yangiliklari

 2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami tadbirkorlik subyektlaridagi ulushi 7,1 foizni (soni 465 361 ta) tashkil etdi.

Axborot texnologiyalari, ularning rivojlanish darajasi va amaliyotda qo'llanilishi, shuningdek, ularni qo'llab-quvvatlovchi telekommunikatsiya infratuzilmasi - iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim omiliga aylanmoqda.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida  jami 4446,5 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 45,0 % i yoki 2002,3 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.

Respublikada 2021- yilning yanvar- avgust oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 866 ta ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 6332.4 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 1,0 % punktga kamaydi va 19,1 % ni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan, 2021- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, kuzatuvdagi aholining 60,7 foizi jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangan.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yuk avtomobillarining soni 168 810 tani tashkil etgan.

Yillar kesimida tashish va saqlash sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni  (yanvar-avgust holatiga):

Joriy yilning 29- sentabr kuni Davlat statitika qo‘mitasida “Davlat statistika idoralari faoliyatiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi. Unda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig’i Zakirov Dilshod Tairovich ma’ruza qildi. Tadbirda, qo‘mita markaziy apparatining barcha tarmoq boshqarma va bo‘limlari rahbarlari hamda onlayn tarzda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g`risida"gi 710-son qaroriga muvofiq aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlari joriy yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF)ning mas'ul ekspertlari tomonidan MICS kuzatuvlarining yangi tanlanmasi uchun uy xo‘jaliklarini tasodifiy tanlash bosqichlarini tavsiflashga bag‘ishlangan videoseminar tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yil 1- iyun milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Joriy yilning 28- sentabr kuni Moskva shahrida Rossiyaning Federal statistika xizmati tomonidan Moskva shahar iqtisodiy siyosat va taraqqiyot departamenti, «Центростат» analitik markazi va Statistik ekspertiza xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Davlatlar va shaharlarning xalqaro reytinglari: metodologiya, ochiq ma’lumotlar, shaffoflik" mavzusida konferensiya o'tkazildi. Konferensiya Xalqaro statistika institutining 63- statistika jahon kongressi doirasida tashkil etildi.

2021- yilning 1- yanvar holatiga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘rinlar soni 106677 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 5,4 barobarga oshganini ko‘rish mumkin, ularning yillar kesimidagi soni quyidagi ko‘rinishni hosil qiladi.

Joriy yilning 28- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

2021- yil 1- yanvar holatiga, O‘zbekiston Respublikasida sanatoriya-kurort muassasalariga joylashtirilgan shaxslar 219,9  ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ularning 97,4 % i O‘zbekiston fuqarolari, 2,6 % MDH davlatlari fuqarolari va qolganlari (0,03 %) boshqa xorijiy davlat fuqarolaridan iborat.

2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalarning sof foydasi (zarar) miqdori 11419,8 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

 2021- yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlarida jami 13,2 mln. nafar fuqarolar faoliyat olib bormoqda.