Qo`mita yangiliklari

2021- yil yanvar- fevral oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 107,7 foizga oshgan.

Joriy yilning 10- mart kuni  videokonferensaloqa tarzida Davlat statistika qo‘mitasi hamda MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida “Diskret yondashuv asosida qisqa muddatli iqtisodiy statistikani shakllantirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

"International Open Data Day" doirasida davlat statistika qo'mitasi xodimlari, vazirlik va idoralar xodimlari hamda YeXHTning O'zbekistondagi koordinatori hamda elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari 

O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi ulushi 49,7 % bo‘lib,

2020- yil yakunlariga ko‘ra, YaIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,8 f.p. (2019- yilda – 0,9 f.p.), sanoat tarmog‘i – 0,2 f.p. (2019- yilda – 1,2 f.p.) va qurilish tarmog‘i – 0,5 f.p. (2019- yilda – 1,2 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar oyida qiymati 1,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan. 

Xorazm viloyati Urganch davlat universitetida “Aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish” mavzusida seminar o`tkazildi.

Ayollar va erkaklar statistik to‘plamida ayollar va erkaklarning teng imkoniyatli munasabatini ta’minlash muammolari ko‘rilgan. Bu muammo mamlakatning siyosiy  tuzilishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’iy nazar dunyoning barcha mamlakatlarida aktual hisoblanadi.

2021- yilning 9- mart kuni Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan Davlat statistika qo’mitasi vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

2020– yilda respublikamizning shahar aholisi bilan   141 474 ta va qishloq aholisi bilan 155 276 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Mamlakatimizda pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, aholida kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirish va sog'lom ovqatlanish targ'ibotini sog'lom turmush tarzi garovi sifatida kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

2020– yilda respublikamizning shahar aholisi bilan   17 335 ta va qishloq aholisi bilan 10 898 ta ajrimlar qayd etilgan.

Joriy yilning 5- mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.

Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlik statistik to‘plamida kichik tadbirkorlik(biznes)ning rivojlanish dinamikasi, kichik tadbirkorlik(biznes)ning asosiy iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, kichik tadbirkorlik(biznes)da band bo‘lganlar soni to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bahorning ilk kunlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.Boisi, har qanday millat va davlatning taraqqiyoti, kelajagi bevosita onalarga bog‘liq.