Qo`mita yangiliklari

2021- yilning  5- mart kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan  “O‘zbekistonda  barqaror rivojlanish baholash uchun innovatsiyalar” mavzusida  onlayn seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 4- mart kuni Davlat statistika qo’mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi o’rtasida onlayn tarzda yig’ilish bo’lib o’tdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar oyida qiymati 4,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,4 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda o‘rganishlar ishlari olib borilishi bilan birgalikda ishchi guruh vakillari tashabbusi bilan joylarda hasharlar ham tashkil etilmoqda.

Pandemiya davrida Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi xayrli va savobli ishlarda tashabbus ko‘rsatib, mehnat  faxriylarini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning 4- mart kuni O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyati bo’limida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda o‘rganishlar ishlari olib borilishi bilan birgalikda ishchi guruh vakillari tashabbusi bilan joylarda hasharlar ham tashkil etilmoqda.  

Oʻzbekistonda savdo stаtistik to‘plаmidа O‘zbekiston Respublikаsining ichki vа tаshqi sаvdo fаoliyatini tаvsiflovchi mа’lumotlаr tаqdim etilgаn.

2021- yilning dastlabki oyi davomida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 705,9 mlrd. so‘mga yetib, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 3,4 % ni tashkil etdi. 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,9 % ga teng bo’ldi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida bir guruh tashabbuskor va faol ayollar qatorida, Davlat statistika qo‘mitasining xodimi Muхiddinova Ra‘no Zayniddinovna O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 2- fevraldagi “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni bilan ta'sis etilgan “Motabar ayol” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

Faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari har ming aholiga to‘g‘ri kelishi 2020- yilning yanvar-dekabrida 15,6 birlikka yetdi.

2021- yil 3–4- mart kunlari O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasidan so‘ng tiklanishning qaysi bosqichida ekanligini hamda hukumat, biznes va jamiyat qanday tarzda birlashib, “yashil” tiklanish uchun yangi siyosat va rag‘batlantiruvchi omillarni hayotga tadbiq qilish muhokamasiga bag’ishlangan  xalqaro onlayn-forum bo‘lib o‘tdi.  

Pandemiya davrida Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi xayrli va savobli ishlarda tashabbus ko‘rsatib, mehnat  faxriylarini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning 3- mart kuni 2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlik statistik to‘plamida kichik tadbirkorlik(biznes)ning rivojlanish dinamikasi, kichik tadbirkorlik(biznes)ning asosiy iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, kichik tadbirkorlik(biznes)da band bo‘lganlar soni to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda xalqaro ekspertlar bilan yaqin hamkorlikda kuzatuvlarga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.