Qo`mita yangiliklari

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtobuslar soni 5 711 tani tashkil etgan.

O‘zbekistonda 2020- yilda 1,8 mln. avtomobillar uchun o‘rindiqlar ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibi:

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020- yilda 23,1 ming tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020- yilda 5 ta beton qoradigan avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida avtomobil to‘xtash joylari xizmatlarining narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 0,6 % ga qimmatlashgan.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2020- yil yakuniga ko‘ra mamlakatimizda qishloq joylarda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar soni 511,1 ming nafarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2017- yilga nisbatan 295,5 ming nafarga oshgan.

2010- yilga nisbatan 2020- yilda Surxondaryo viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 217,6 mlrd. so'mga o'sdi va 8 013,9 mlrd. so'mga teng bo'ldi. 2020-yilda ko'rsatilgan umumiy bozor xizmatlari hajmida Surxondaryo viloyatining xizmatlar hajmi 3,6% ni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,5 kishini tashkil etdi, shundan 0,9 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 1,8 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 8,8 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 17,3 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 26,4 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 44,9 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamiz tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar

Joriy yilning 15- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.

2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 237 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 908 taga ko‘paygan.

Sentabr oyida pul o‘tkazmalari uchun ko‘rsatilgan xizmat  narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 0,1 % ga qimmatlashgan.

2021- yilning 13- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalarning xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

O‘zbekistonda 2020 yilda 295 tonna tanga pullar ishlab chiqarilgan.

Sentabr oyida sartaroshxona xizmatlari narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 3,1 % ga qimmatlashgan.