Qo`mita yangiliklari

2020- yilning 2–3- noyabr kunlari “MDH mamlakatlari bo‘yicha elektron chiqindilarning mintaqaviy monitoringi” loyihasi doirasida elektron chiqindilar qonunchiligi, statistikasi hamda ulardan foydalanish bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.

Shu kunlarda poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi “Donishmand” mahallasida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasi loyihalarini dastlabki sinovdan o‘tkazish maqsadida kuzatuvlar o‘tkazilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentabr oylarida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 18 168,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

2020 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport geografiyasi 5 ta davlatga ko‘payganini kuzatishimiz mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 2020- yilning yanvar–sentabr oylarida metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 55,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari va tashkilotlarining tahlili shuni koʻrsatdiki, mulkchilik shakllarini oʻzgartirish va tarmoqlarni qayta tuzishga qaratilgan islohotlar natijasida, 2020- yil 1- oktabr holatiga ularning sanoatda soni 80 023 tani 

Toshkent sh. – 8,7 mlrd., eksport – 2,0 mlrd., import – 6,7 mlrd. AQSH dollari

2020- yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYo organlarida qayd etilgan jami nikohdan ajralishlar soni 19 970 tani tashkil etgan va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15,3 foizga kamaygan.

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2020- yilning 9 oy yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,4 % ga (2019- yilning 9 oyligida – 5,9 % ga) oʻsdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 161 tani tashkil etdi.

2022- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tabdiriga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2021- yilda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ham sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish tadbirlari tashkil etiladi.

2020- yilning yanvar-sentabr oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 26,3 %ni tashkil etib, bu koʻrsatkich 2019- yilning shu davriga nisbatan 0,8 f.p.ga yuqori boʻldi.

Joriy yilning 1- oktabr holatiga, jami tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 394 234 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar 88 855 tani (22,5 %) tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 408,3 trln. soʻmni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-sentabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi

Joriy yilning oktabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 2,3 % ga, nooziq-ovqat mahsulotlar 0,8 % ga va xizmatlar 0,7 % ga qimmatlashdi.

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, respublikamizda oʻrtacha bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joylarning umumiy maydoni 2011- yilning 1- yanvariga nisbatan 15,0 kv.m dan 16,0 kv.m (1,0 kv.m) ga koʻpaygan.