Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston sentyabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olgan.

Joriy yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Narxlar statistikasi boshqarmasiga texnik ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan o‘n kunlik vebinarning ochilishi bo‘lib o‘tdi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida O`zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 408 296,6 mlrd. 

Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2020- yilning yanvar-sentabr oylari uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha yalpi hududiy mahsulotni (keyingi o`rinlarda – YaHM) dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi.

2020- yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYo organlarida 19 970 ta ajrashishlar qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrlariga nisbatan sezilarli darajada kamayganligini ko’rsatmoqda.

2020- yilning yanvar-sentabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,0 % gacha oshishi (2019-yilning yanvar-sentabrida – 5,6 %) qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 391 300 tani tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2020 - yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 284,7 trln. so‘mni tashkil etdi.

2020- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1009,3 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan ko‘p bo‘lgan viloyatlar qatoriga kirdi.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2020 – yilning yanvar – sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 180,1 trln. so‘m

2020- yilning yanvar - sentabr oylarida yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlarning 41,5 foiziga 1 358,7 ming so‘mdan 2 038,0 ming so‘mgacha, 17,5 foiziga 679,3 ming so‘mdan 1 358,7 ming so‘mgacha, 15,4 foiziga 2 038,0 ming so‘mdan 2 717,3 ming so‘mgacha o‘rtacha oylik 

Joriy yilning 22- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida Xalqaro energiya agentligi vakillari bilan videokonferensaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.

Mamlakatimizdan 2020- yilning 9 oyida chet elga 1,3 mlrd.  AQSh dollari qiymatidagi 455 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan. To‘qimachilik mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 171,6 mln.

Mamlakatimizdan 2020- yilning 9 oyida chet elga 108,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 11 135 dona yengil avtomobil eksport qilingan. Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,1 mln. AQSh dollariga ya'ni 47,9 % ga oshgan. 

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar – sentabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 65,2  trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2019  yilning yanvar-sentabr  oylariga nisbatan 108,6 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 56,6 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning eng katta qismi Qashqadaryo viloyatida 

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 65,2 trln. so‘m qurilish ishlari bajarilib, ular tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar 27,9 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan ishlar 54,8 % ni hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 17,3 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 138,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ulardan markazlashgan moliyalashtirish manbalarining ulushi 21,8 % ni