Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 9- may ­– Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.

Joriy yilning 7- may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo’lib o’tgan yalpi majlisda deputatlar tomonidan Davlat statistika qo’mitasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida O’zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi hamda ma’qullandi.

Joriy yilning 7- may kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.

Joriy yilning 4–5- may kunlari Davlat statistika qo‘mitasida “HR tizimini joriy etish” mavzusida  o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Oʻzbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy rivojlanishi va farovonligi oshishini tavsiflovchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassam qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich ayni kunlarda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayonlari bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 6- may kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini oshirish”  mavzusida vebinar tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning I choragi davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 080 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 11,5 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari  ishlab chiqarildi.

2021- yil 4–5- may kunlari Jeneva shahrida Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan atrof-muhitni baholash va monitoring qilish bo‘yicha ishchi guruhning 23-sessiyasi videokonferensaloqa tarzda o‘tkazildi.

Namangan viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Chust hamda Uychi tumanlari hokimligida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

Oʻzbekiston raqamlarda statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar chop etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etmoqda.

Mamlakatimizda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) davom etmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning I choragida respublikamizda 65 721 tonna sabzavotlar yetishtirilgan.