Qo`mita yangiliklari
26/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
Farg‘ona viloyatida multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan tadbir tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilariga Davlat statistika qo‘mitasining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Qambarov MICS bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (keyingi o‘rinlarda - YaIM) hajmi joriy narxlarda 580 203,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2019- yil bilan taqqoslaganda 1,6 % ga o‘sdi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda 1,0 mln. tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
25/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar–dekabr oylarida respublikada 218 853,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 25 155,7 mlrd. so‘mga oshgan.
25/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1501,4 ming kishini* tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2019- yilning shu davriga nisbatan 77,7 % ga kamaygan.
25/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 25- yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda qo‘mita markaziy apparati xodimlari, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchilari ishtirok etdi.
25/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaIMdagi ulushi 53,9 % ni tashkil etdi.
22/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 20-21- yanvar kunlari Guliston shahridagi mahallalarda sinov tariqasida multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)da “Xaritalash va ro‘yxatga olish” ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.b
22/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 21- yanvar kuni BMTning Xalqaro ma’lumotlar forumi doirasida “Jurnalistikada ma'lumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida vebinar tashkil qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yil davomida respublika bo‘yicha jami 61,3 mingta yoki 12,7 mln. kv.m turar-joy foydalanishga topshirildi.
Joriy yilning 21- yanvar kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika xizmati (TurkStat) bilan hamkorlikda “Innovatsiyalar statistikasi” bo’yicha tajriba almashish borasida onlayn seminar tashkillashtirildi.
21/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar
21/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
“Биржа” gazetasining 2021- yil 21- yanvardagi 6- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” sarlavhali maqolasi chop etildi.
21/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,
21/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati tomonidan 2021- yil I yarim yillikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari uchun sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan.
21/01/2021 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 367,1 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2019- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 100,7 % ni tashkil etdi.
998-sahifa 1027 dan


