Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekistonda mehnat va bandlik statistik to‘plamida mehnat bozori holatini tavsiflovchi ma’lumotlar o‘tgan yillarga nisbatan taqqoslangan holda keltirilgan.

YaIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,4 f.p. (2020- yil yanvar-martda – 0,5 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,2 f.p. (2020- yil yanvar-martda – 0,6 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 1,1 f.p. (2020- yil yanvar-martda – 2,5 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu 2020- yilga nisbatan 14,5 % ga ko‘p.

To‘rtko‘l tumani statistika bo‘limi tomonidan tuman hokimligida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

Oʻzbekistonda qurilish stаtistik to‘plаmi O‘zbekiston Respublikаsidа investitsiya vа qurilish fаoliyatining rivojlаnishi to‘g‘risidаgi mа’lumotlаrni o‘z ichigа olаdi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 37,4 mingtani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 8 242 taga oshdi va oʻsish surʼati 128,3 foizni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. 

Davlat statistika qo‘mitasining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 4,0 % ni tashkil etdi.

 

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2021- yil 8- maydagi 93- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovichning “Iqtisodiy taraqqiyot mezoni” nomli maqolasi chop etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli 2- soni Toshkent akademik litseyida  “Aholini ro`yxatga olishning mazmun va mohiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Kichik tadbirkorlik subyektlarining ko‘rsatilgan xizmatlar hajmidagi ulushi 51,7 %ni tashkil etdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 9- may ­– Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.

Joriy yilning 7- may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo’lib o’tgan yalpi majlisda deputatlar tomonidan Davlat statistika qo’mitasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida O’zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi hamda ma’qullandi.