Qo'mita yangiliklari

2020- yil 1- yanvar holatiga koʻra, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 16 386,2  mingni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 23,0 % ga yoki 3 064,5 mingga oʻsgan. Shudan, aholi orisida 15 750,8 ming abonent mavjud bo’lib, bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 22,3 % ga yoki 2 867,5 mingga yuqori boʻldi.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining shu yil 28- oktabr sonida “Ochiqlik va shaffoflik ko‘zgusi” nomli maqola chop etildi. 

2020- yil 26–27 oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Atrof-muhit statistikasi va ko'rsatkichlari bo'yicha qo‘shma ishchi guruhning 17-sessiyasi va Atrof-muhitni monitoring qilish hamda baholash bo‘yicha ishchi guruhininig 22-sessiyasi tashkil qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2019-2020- oʻquv yili boshida jami 10090 ta umumta’lim muassasalari faoliyat yuritgan boʻlib, ularda tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 6168,2 ming nafarni tashkil etadi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni 1639,4 ming kishini tashkil etdi. MDH davlatlariga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1525,3 ming kishini (93,0 %) tashkil etgan boʻlsa, boshqa  davlatlarga esa 114,1 ming kishi (7,0 %) ketgan.

2020- yilning 1- oktabr holatiga koʻra, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni tahlil qilinganda, Sirdaryo viloyatida mehnatga layoqatli yoshdagi aholining jami aholi sonidagi ulushi 60,1 %ni tashkil etib, shu yoshdagi aholi soni koʻpligi jihatidan respublika hududlari orasida birinchi oʻrinniToshkent shahri esa 56,5 %ni tashkil etib oxirgi oʻrinni egallamoqda.

2020- yilning 1- yanvar holatiga respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 1205 tani tashkil etib, shundan nodavlat shifoxona soni 575 tani (jamiga nisbatan 47,7 %) tashkil etdi, 2018- yilga nisbatan shifoxonalar soni 40 taga  koʻpaygan.

2020- yilning yanvar - sentabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 180,1 trln. soʻmni yoki 2019- yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 27–28- oktabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasining 2020- yil III chorak yakunlariga bag‘ishlangan, masofaviy videoaloqa tarzda kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1354,3 ming kishini tashkil etdi.

Respublika boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi eng ahamiyatli boʻlib, 36,7 % ni tashkil etadi.

2020- yil 1- oktabr holatiga ko’ra, doimiy aholi soni 34 382,7 ming kishini tashkil etdi.

O‘zbekiston sentyabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olgan.

Joriy yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Narxlar statistikasi boshqarmasiga texnik ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan o‘n kunlik vebinarning ochilishi bo‘lib o‘tdi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida O`zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 408 296,6 mlrd. 

Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2020- yilning yanvar-sentabr oylari uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha yalpi hududiy mahsulotni (keyingi o`rinlarda – YaHM) dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi.

2020- yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYo organlarida 19 970 ta ajrashishlar qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrlariga nisbatan sezilarli darajada kamayganligini ko’rsatmoqda.