Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.
Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.
Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.
Davlat statistika qo‘mitasi hamda hududiy boshqarmalar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.
Joriy yilning 4- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi boshchiligida qo‘mita jamoasi ham poytaxtimizning Yangihayot tumanida maxsus ajratilgan hududlarda “Yashil maydonlar” bunyod etish jarayonlarida faol qatnashmoqda.
Matbuot xizmati