21- oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Davlat statistika qo‘mitasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

til_20_10_21_ichi1

til_20_10_21_ichi2

Mazkur madaniy-ma'rifiy uchrashuvga shoir va yozuvchi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Tong yulduzi” gazetasi bo‘lim muharriri Axtamqul Karim taklif etildi.

til_20_10_21_ichi3

Tadbirda mehmon ishtirokchilarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zbek tilining boy tarixi, xususan, Mahmud Qoshg`ariy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk bobokalonlarimizning ona tilimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi.

til_20_10_21_ichi4

Shuningdek, o‘zbek tiliga o‘tmishda bo‘lgan to‘siqlar hamda bugungi kunda berilayotgan yuksak e'tibor xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Til bayrami arafasida davlatimiz rahbarining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining imzolanishi yurtimizda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborning tobora yuksalib borayotganidan dalolat.

til_20_10_21_ichi5

Davlat statistika qo‘mitasi Raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Qiyomiddin Ahmedov qo‘mitada o‘zbek tilida ish yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat tilida ish yuritish, qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi. Shuningdek, statistik press-reliz, doklad va boshqa hujjatlarning o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

til_20_10_21_ichi6

Uchrashuv so‘nggida Axtamqul Karim til, ko‘ngil, mehr-muhabbat haqida yozgan ijod namunalaridan o‘qib berib, ishtirokchilar qalbiga zavq-shavq ulashdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech