Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.pensionerichi1070521

9- may – Xotira va qadrlash kuni arafasida bugungi tinch-osoyishta hayotga qanday og‘ir sinov a mashaqqatlar evaziga erishilganini chuqur his etamiz. Bu yo‘lda qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ta’zim qilamiz. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini yanada teran anglaymiz. pensionerichi2070521

Davlatimiz tomonidan keksa avlod, jumladan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti xizmatchilarining ko‘nglini ko‘tarish, salomatligini mustahkamlash, ular uchun qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20- aprel kuni “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.pensionerichi3070521

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 9- may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ular bayram bilan tabriklandi.pensionerichi4070521

Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ruhiy-ma’naviy ko’mak berish, ularni yolg’iz qoldirmaslik va ko’p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko’zda tutilgan.pensionerichi5070521

Keksalar qo‘mita tomonidan doimiy ravishda ko‘rsatayotgan bu kabi moddiy-ma'naviy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech