O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ustoz-murabbiylari sharafiga bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

1-okt3009ichi1

1-okt3009ichi2

Unda qo‘mita Raisi va markaziy apparat xodimlari hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ustoz-murabbiylari ishtirok etdi.

1-okt3009ichi3

1-okt3009ichi4

Tadbirni qo‘mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich ochib berib, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yurtimizdagi barcha mehribon, zahmatkash va fidoyi ustozlarni, statistika tizimida ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ustoz-murabbiylarini  kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

1-okt3009ichi5

1-okt3009ichi6

Tadbir yakunida statistika tizimida ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ustoz-murabbiylariga esdalik sovg‘alari berildi.

1-okt3009ichi7

1-okt3009ichi8

Mazkur bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, ijodiy muvaffaqiyat va ulkan parvozlar tilab, samimiy muborakbod etadi.

1-okt3009ichi9

1-okt3009ichi10

Shogirdlar kamolini ko‘rish baxti barchangizga nasib etsin! Umringiz uzoq, hayot yo‘lingiz quvonchu shodliklarga limmo-lim bo‘lsin, aziz ustozlar!

Samimiy va chuqur hurmat ila, 

Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati