Joriy yilning 27-avgust kuni Milliy statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tabdirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova hamda qo‘mita markaziy apparati rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Unda mustaqillikning bebaho ahamiyati, yurtimizning kechagi va bugungi taraqqiyot yo‘li, tarixiy merosi hamda kelajak istiqbollari, davlatimizning xalqaro maydondagi o‘rni, jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati, milliy qadriyatlarimizga sodiqlik hamda shu kabi muhim mavzular borasida atroflicha so‘z yuritildi.

Uchrashuv mazmunli, kreativ, interfaol savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.
Batafsil — https://youtu.be/JxKcGYHjZrA


