Joriy yilning 21- may kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Greenpark istirohat bog’ida Davlat statistika qo’mitasi, Yangihayot tumani hokimiyati hamda “Sport Victoria” shaxmat maktabi hamkorligida mahallalararo shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Aholining bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish va sportga qiziqishni oshirishga qaratilgan bu kabi tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, ushbu musobaqada ham Yangihayot tumanida yashovchi 7 yoshdan 70 yoshgacha havaskor va professional shaxmatchilar ishtirok etishdi.
Davlat statistika qo’mitasi rahbariyati, hokimiyat mas’ul xodimlari, mahalla vakillari, shaxmat maktabi murabbiylari g’olib va sovrindorlarni esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlashdi.
Matbuot xizmati