O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.kreket1

kreket2

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida har shanba kuni ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida jamoa o'rtasida maxsus sport majmualarida o'tkaziladigan haftalik turli sport tadbirlari ham o'tkazilmoqda.kreket3

kreket4

kreket5

Xususan, 2021- yil 9- iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi kriket federatsiyasi vakillari va sportchilari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Ushbu uchrashuvda professional sportchilar tomonidan kriketning kelib chiqish tarixi, kriket o`yinining  qonun qoidalari bo’yicha ma’lumot berilib, Davlat statistika qo’mitasiga esdalik sovg’alari topshirildi.kreket6

kreket7

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, Covid-19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Matbuot xizmati